Reshford "Manchester Yunayted" rejasini barbod qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 601

Markus Reshford "Barselona"da ijarada o'ynamoqda - hujumchining transfer huquqi "Manchester Yunayted"ga tegishli. Reshfordning kelajagi borasidagi fikri aniq va qat'iy - ingliz Kataloniya jamoasida qolishni istaydi.
Reshfordning kelajakdagi pozitsiyasi "Manchester Yunayted"ning rejalarini barbod qilmoqda. "Qizil iblislar" Reshfordni "PSJ" vakili Bredli Barkolya transferiga qo'shish haqida o'ylamoqda. Bu haqda Transfer News Live CaughtOffside’ga tayanib xabar bermoqda.
Avvalroq matbuotda "Barselona" 28 yoshli Reshfordni sotib olishga tayyorligi, ammo ijara shartnomasida ko'rsatilgan 30 million evroni to'lashga tayyor emasligi haqida yozishgandi. Kataloniyaliklar narxning pasayishiga umid qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
419