Klopp "Real"ga kelsa, birinchi navbatda kim bilan xayrlashishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 596

Yurgen Klopp kelasi yozda "Real"ni boshqarishi mumkinligi aytilmoqda. Nemis agar Madriddan taklif tushsa, uni qabul qilishga tayyor emish.
TEAMtalk’ning Ispaniyadagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Klopp "Real" bosh murabbiyi etib tayinlangan taqdirda hujumchi Vinisius Junior bilan xayrlashadi. Braziliyalikning ketishi nemis mutaxassisining "Santyago Bernabeu"dagi qayta qurishining bir qismidir.
Amaldagi shartnoma Vinisius Juniorni "Real" bilan 2027 yilning yarmigacha bog'lab turadi. Yurgen Kloppga kelsak, u 2025 yil boshidan beri "Red Bull" futbol tizimida ishlaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
396