Peres Mourinoni "Real"ga qaytarishi mumkin - jurnalist
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 628

"Real"da murabbiy o'zgardi - Xabi Alonso o'rnini Alvaro Arbeloa egalladi. Yozda madridliklar murabbiylik lavozimiga yanada nufuzli mutaxassisni olib kelishlari ehtimoldan xoli emas.
COPE’ning El Partidazo dasturida jurnalist Alfredo Relanoning aytishicha, Alonsoning iste'fosi uni hayron qoldirmagan, chunki "Real" prezidenti Florentino Peres Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan jiddiy jahli chiqqan.
Relanoning fikricha, Peres Joze Mourinoni "Real"ga qaytarishga urinib ko'rishi mumkin.
"Uning yakuniy g'oyasi - Mourinoni qaytarish. Bu Florentino chinakamiga mamnun bo'lgan yagona odam edi. Agar u Jozeni qaytarib qolsa, hayron bo'lmayman," - dedi jurnalist.
"Real" chorshanba kuni "Albasete"ga (2:3) sensatsion tarzda yutqazib, Ispaniya kubogini tark etdi.
Joze Mourino hozirda o'z yurtida "Benfika"ga ustozlik qilmoqda. U "Real"da 2010-2013 yillarda ishlagan.

Bosh sahifaga
236