Mbappening holati haqida ma'lumotlar yangilandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 514

"Real" forvardi Kilian Mbappe shanba kungi o'yinni asosiy tarkibda boshlaydigan bo'ldi.
Madridliklar La Liganing 20-turida "Levante"ni qabul qiladi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra frantsiyalik futbolchi avval kutilganidek o'yin boshidan maydonga tushadi.
Tizzasidan jarohat olgan Mbappe kecha Ispaniya kubogida murabbiylar shtabining texnik qaroriga ko'ra "Albasete"ga (2:3) qarshi o'ynamadi. Bugun u Valdebebasdagi bazada odatdagidek mashg'ulot o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
298