Rafinya Ispaniya kubogi o'yinini zaxiradan boshlashi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 592

Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona" vingeri Rafinya "Real"ga qarshi o'yinda chap sonini yaqinlashtiruvchi mushakda noqulaylik sezdi. Rafinya yil boshidan beri ushbu mushak muammosidan aziyat chekmoqda. Shifokorlar final oldidan jarohat olish xavfi yo'q deb hisoblab, braziliyalikka o'ynashga ruxsat berishdi. Bu haqda Catalunya Radio efirida ma'lum qilindi.
Rafinya "Barselona"ning payshanba kuni bo'lib o'tadigan "Rasing"ga qarshi kubok o'yinini asosiy tarkibda boshlay olmasligi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
"Rasing" va "Barselona" o'yini Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305