«Dinamo» frantsiyalik himoyachi bilan shartnomani bekor qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 628

Samarqandning “Dinamo” klubi frantsuz himoyachisi Jessa Ayessa bilan tuzilgan shartnomani bekor qildi.
“Dinamo” bosh murabbiyi Vadim Abramov “Asia-Sport”ga ma'lum qilishicha, kelishuv tomonlarning o'zaro roziligi asosida bekor qilingan.
Futbolchi dekabr oyining o'rtalarida O'zbekistonga kelgan, hatto bir o'rtoqlik uchrashuvida ham ishtirok etishga ulgurgan. Biroq hamkorlikni yo'lga qo'yishning imkoni bo'lmadi.
Avvalroq “Dinamo” klubi rossiyalik legioner Dmitriy Pletnyov bilan ham tomonlarning o'zaro roziligi asosida shartnomani bekor qilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
327