«Atletiko» Simeone bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 527

"Atletiko" o'zining rasmiy saytida vinger Juliano Simeone bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi. 23 yoshli futbolchi 2030 yilning yarmigacha mo'ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.
Juliano Simeone - "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeonening o'g'li. Futbolchi "matraschilar" safida 78 ta rasmiy o'yin o'tkazib, o'z hisobiga sakkizta gol va 16 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan.
"Atletiko" Ispaniya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. Diego Simeone jamoasi La Liganing navbatdagi o'yinini 18 yanvar kuni o'z maydonida "Alaves"ga qarshi o'tkazadi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
327