"Chelsi"da ijarada o'ynayotgan futbolchi "Lids"ga o'tadigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 624

"Brayton" hujumkor yarim himoyachisi Fakundo Buonanotte faoliyatini "Lids"da davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, "Lids" shartnoma imzolash bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. "Brayton" futbolchining "Chelsi"dagi ijarasini to'xtatadi, shundan so'ng, Buonanotte "Lids"ga o'tadi. "Lids"dagi ijara mavsum oxirigacha davom etadi.
21 yoshli argentinalik futbolchi joriy mavsumda 8 ta o'yinda (o'rtacha 64 daqiqa) maydonga tushdi. Buonanotte maydonda o'tkazgan vaqt davomida 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining Transfermarkt portalidagi narxi 18 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
307