Miyatovich: «Arbeloa juda erta kelgan ko'rinadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 462

Madridning "Real" klubi sobiq forvardi Predrag Miyatovich jamoaning yangi ustozi Alvaro Arbeloa haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Arbeloa 12 yanvar kuni Xabi Alonso ketganidan so'ng klubni qabul qilib oldi, oradan 2 kun o'tib esa madridliklar Ispaniya Kubogidan chiqib ketishdi.
"Alvaro juda erta kelgan ko'rinadi. Ehtimol, unga ko'proq tajriba kerakdir, ammo ko'pincha shunday bo'ladi, ayniqsa top-klublarda. Zidan va Gvardiola, shuningdek, boshqa mutaxassislar o'rinbosarlar jamoasida ishlagan, keyin esa asosiy jamoaga muvaffaqiyatli o'tgan," - deya Miyatovichning so'zlarini keltiradi Marca.
Shuningdek, ekspert matbuot anjumanlarida Arbeloaning xotirjamligi va o'ziga bo'lgan ishonchini ta'kidladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
243