"Tottenxem" 19 yoshli braziliyalik futbolchining transferini yopmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 417

Braziliyaning "Santos" klubi qanot himoyachisi Jozef Souza faoliyatini Londonning "Tottenxem" klubida davom ettiradi. Bu haqda Sky Sports ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, bugun 19 yoshli Souza "Tottenxem"ga o'tishidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tadi. Kelishuv summasi 15 million evroni tashkil etishi aytilmoqda.
2025 yilda Souza barcha musobaqalarda 29 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
21-tur yakunlariga ko'ra, "Tottenxem" Angliya chempionati turnir jadvalida 27 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
150