Keza "Yuventus"ga qaytish uchun yon bosishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 420

"Liverpul" hujumchisi Federiko Keza "Yuventus"ga qaytishni juda xohlamoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli italiyalik Turin klubiga qaytish uchun yiliga olti million evro maoshini kamaytirishga tayyor.
Keza 2024 yilning yozida "Yuventus"dan "Liverpul"ga o'tgandi. Joriy mavsumda xavbek barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Kezaning "Liverpul" bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Home
251