Uorton uchun kurashga London klubi ham qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 335

"Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uorton Premer-liganing yana bir top-klubi short-listiga kiritildi.
TEAMtalk jurnalisti Din Jonsning xabar berishicha, Londonning "Tottenxem" klubi 21 yoshli xavbekning transfer imkoniyatlarini zimdan o'rganishni boshlagan. Ayni paytda "shporlar" yaqin ikki transfer oynasida futbolchini sotib olish ehtimoli qandayligini aniqlashga harakat qilmoqda.
Aytish kerakki, Uortonga Madridning "Real", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va Evropaning boshqa top-klublari qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Uorton barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 29 ta o'yinda maydonga tushdi va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Home
211