"Bavariya" "Manchester Yunayted" sardorini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 482

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Myunxenning "Bavariya" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Piter Xoll ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, 31 yoshli portugaliyalik futbolchiga "Bavariya" jiddiy qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, Germaniyaga ko'chib o'tish "qizil iblislar" yulduzi uchun haqiqiy imkoniyatdir.
Joriy mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 20 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va to'qqizta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, xavbekning narxi 40 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
380