Karvaxal sensatsion mag'lubiyatdan so'ng bayonot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 782

Madridning "Real" klubi Ispaniya kubogida sensatsion tarzda "Albasete" mehmoni bo'lib, 2:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. "Qirollik klubi" qanot himoyachisi Dani Karvaxal muvaffaqiyatsiz o'yindan so'ng jamoa muxlislariga murojaat qildi.
"Qattiq mehnat qilishimiz, o'yinimizni yaxshilashimiz kerak. "Real" hozir o'z darajasida emas. Biz maksimal darajada ishlashga va'da beraman," - deya ispaniyalik himoyachining so'zlarini keltiradi Marca gazetasi.
Qayd etish joiz, bu Alvaro Arbeloaning "qaymoqranglilar" bosh murabbiyligidagi debyut o'yini bo'ldi.
"Real" keyingi turni Ispaniya chempionatida "Levante"ga qarshi o'tkazadi. O'yin 17 yanvar kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
349