Menyan qachon «Milan» bilan yangi shartnoma imzolashi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

Darvozabon Mayk Menyanning "Milan" bilan shartnomasi yaqin orada uzaytirilishi haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Insayder Nikolo Skiraning ta'kidlashicha, Menyan "Milan" bilan shartnomani uzaytirish arafasida turibdi. Yangi shartnomaga ko'ra, darvozabon bonuslar bilan birga yiliga etti million evro atrofida maosh oladi. Shartnoma 2030 yoki 2031 yilgacha mo'ljallangan. Klubdagilar kelishuvni yaqin kunlarda yopishlari mumkinligiga ishonishmoqda.
Joriy mavsumda 30 yoshli Menyan barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol o'tkazib yubordi va 10 marta o'z darvozasini daxlsiz qoldirishga erishdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, frantsiyalikning narxi 25 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
351