«Real» zo'r himoyachi uchun 20 million evroni qizg'andi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 388

Madridning "Real" klubiga qishki transferlar vaqtida "Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate xizmati taklif qilindi. Defensa Central xabariga ko'ra, "qirollik klubi" futbolchini 20 million evroga olishi mumkin edi, biroq bunday qilmadi.
"Qirollik klubi" frantsiyalik himoyachini yanvarda o'z safiga qo'shib olish niyatida emasligini ma'lum qildi. "Real" yozda Ibraimaning mavsumning ikkinchi qismidagi o'yinlarini kuzatib, vaziyatga baho beradi.
Konatening Mersisayd grandi bilan mehnat shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirida tugaydi. 26 yoshli markaziy himoyachining transfer narxi 50 million evroga baholanmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
364