"Arsenal" himoyachisining kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 378

Londonning "Arsenal" klubi jamoa himoyachisi Ben Uaytni sotmoqchi emas. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Avvalroq, 28 yoshli futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgani uchun "kanonirlar" safini tark etmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ta'kidlanishicha, "Everton", "Manchester Siti" va boshqa klublar qiziqish bildirayotgan Uaytni "Arsenal" qo'yib yuborishni rejalashtirmayapti.
Bu mavsumda Uayt barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 14 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachining "Arsenal" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
353