Paketa "Vest Xem"dan "Flamengo"ga ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2732

"Vest Xem" yarim himoyachisi Lukas Paketa klub rahbariyatiga klubni tark etib, "Flamengo"ga o'tish istagini bildirdi, deb yozdi X ijtimoiy tarmog'ida insayder Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, bir necha kun oldin braziliyaliklar klubi va 28 yoshli braziliyalik futbolchi shartnoma shartlarini kelishib olgan. Tez orada "Flamengo" "Vest Xem" bilan muzokara o'tkazadi.
Paketaning "Vest Xem" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali Braziliya terma jamoasi futbolchisining narxini 35 million evroga baholamoqda.
Bu mavsum Paketa barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253