Gvardiola: «Biz haliyam g'alabaga chanqoqmiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 301

Angliyaning «Manchester Siti» klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Liga Kubogi finali doirasida jamoasi bosh sovrinni qo'lga kiritish istagida ekanligi haqida fikr bildirdi.
«Jamoaning mentaliteti avvalgidek. Biz o'zimiz ishtirok etayotgan musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kiritish niyatidamiz. Avvalgidek g'alabaga chanqoqomiz.
Men o'z futbolchilarimdan minnatdor ekanligimni so'z bilan ifodalay olmayman. Ba'zan jamoaga motivatsiya berish qiyin bo'ladi, agar turli turnirlardagi g'alabalarga to'la bo'lsa.Ammo bu mening yigitlarimga tegishli emas.
«Aston Villa» ajoyib jamoaviy o'yinga ega jamoa. Qolaversa darvozasini Pep Reyna kabi kuchli darvozabon bilan kuchaytirib oldi», — dedi Pep Gvardiola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197