"Yuventus" Tonalini asosiy transfer maqsadiga aylantirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 349

"Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonali Italiyaga qaytishi mumkin.
Telegraph xabariga ko'ra, xavbekni "Yuventus" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Turinliklar yozgi transferlar oynasida Tonalini asosiy nishon sifatida belgiladi. Qayd etilishicha, italiyalik futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatib borayotgan yana bir jamoa "Manchester Siti" hisoblanadi.
Sandro Tonali 2023 yilda "Milan"dan 60 million evro evaziga "Nyukasl"ga o'tgandi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali italiyalikni 75 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
377