Kompani Gvardiola davridagi "Bavariya" rekordi takrorlanishiga izoh berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 226

"Bavariya" "Kyoln"ni mag'lub etdi (3:1) va mavsumning birinchi yarmini Bundesligada rekord ko'rsatkichlar bilan yakunladi. Vensan Kompani jamoasi 17 turdan so'ng 47 ochko to'pladi - bu Xosep Gvardiola boshchiligidagi 2013/14 yilgi mavsumda o'rnatilgan rekordni takrorlashdir.
"Bu mening mentalitetimga to'g'ri kelmagani uchun baho berishim qiyin. Bu sovrin emas, mavsumning yarmi xolos. Ammo futbolchilarning xizmatini tan olaman: men ularga erishilgan natija aql bovar qilmasligini aytdim. Ertadan chempionatning ikkinchi yarmi boshlanadi - hammasi noldan boshlanadi. Men rekordlarni nishonlashga odatlanmaganman, lekin yigitlarni tabrikladim," - deya Kompani so'zlarini keltiradi Bayern & Germany.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
383