Pike Arbeloaning debyutida muvaffaqiyatsizlikka uchragan "Real" ustidan kuldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36

Madridning "Real" klubi 1/8 finalda "Albasete"ga imkoniyatni boy berib (2:3), sensatsion tarzda Ispaniya Kubogini tark etdi. "Qaymoqranglilar"ning muvaffaqiyatsizligi yaqinda ishdan bo'shatilgan Xabi Alonso o'rniga tayinlangan bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning debyutiga to'g'ri keldi.
"Yangi "Real" uchun yaxshi start. 3:2," - deb yozdi "Barselona"ning mashhur sobiq himoyachisi Jerard Pike X ijtimoiy tarmog'ida.
Eslatib o'tamiz, Alonso Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (2:3) iste'foga chiqarilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
381