"Real" allaqachon yangi mavsum uchun murabbiy qidirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 305

Madridning "Real" klubida inqiroz kuchayishda davom etmoqda. Dushanba kuni klub bosh murabbiyi Xabi Alonso iste'foga chiqarildi, chorshanba kuni esa jamoa yangi murabbiy Alvaro Arbeloa qo'l ostidagi ilk o'yinda Ispaniya kubogida "Albasete"dan sensatsion mag'lubiyatga uchradi (2:3). El Larguero xabariga ko'ra, "Real" bosslari kelasi mavsum uchun yangi murabbiy qidirmoqda.
Avvalroq, Arbeloa sovrinlarni qo'lga kiritib, futbolchilar bilan munosabatlarni yo'lga qo'ysa, yozda o'z lavozimini saqlab qolishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, klub 2024 yilda "Liverpul"dan ketganidan so'ng murabbiylikdan ketgan Yurgen Kloppning taklif qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
328