"PSJ"ning Dembele bilan muzokaralari haqida ma'lumot paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25

"Pari Sen-Jermen" klubi hujumchi Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, muzokaralar boshlang'ich bosqichda. "PSJ" 28 yoshli futbolchini mehnat shartnomasini uzaytirish rejalari haqida xabardor qilgan, biroq hozircha rasmiy taklif bilan chiqmagan.
Yaqinda OAVda Usmon Dembele "PSJ" bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqaldi. "Oltin to'p" sohibining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda forvard Luis Enrike jamoasi safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268