Vinisius "Real" safida 350-o'yinini o'tkazdi - faqat ikki braziliyalik ko'proq uchrashuvda qatnashgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 231

Ispaniya kubogi doirasida "Albasete"ga qarshi kechgan va sensatsion mag'lubiyat bilan yakunlangan o'yin Vinisius Junior uchun "Real" safidagi 350-o'yin bo'ldi.
25 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar" safida asosiy tarkibda maydonga tushdi va o'yin oxiriga qadar harakat qildi. Vinisius "Real" safida barcha musobaqalarda 350 ta o'yinda 112 ta gol va 91 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Braziliyaliklar orasida faqat Marselo (546) va Roberto Karlos (527) "qirollik klubi" libosida bundan ham ko'proq o'yin o'tkazgan.
Vinisius Junior "Real"ga 2018 yilda "Flamengo"dan ko'chib o'tgan edi. Joriy mavsumda forvard 28 ta uchrashuvda 6 ta gol va 8 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
303