Karvaxal sensatsion mag'lubiyat haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 42

Madridning "Real" klubi o'ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal Ispaniya Kubogida kutilmaganda "Albasete"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (2:3) intervyu berdi.
"Qaymoqranglilar" Alvaro Arbeloa boshchiligidagi debyut uchrashuvida sensatsion tarzda Segunda vakiliga imkoniyatni boy berib qo'ydi.
«Biz jarlikning eng tubiga etib keldik, tamom. Ertaga o'yinning individual va jamoaviy jihatlarini muhokama qilishimiz kerak. Biz, o'yinchilar, o'zimizga tanqidiy yondashishimiz kerak. Oldinda La Liga va Chempionlar Ligasida kurash bor. Davom etish kerak», - dedi Karvaxal o'yindan keyin OAV bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
306