Mourino boshchiligidagi «Benfika» «Portu»ga yutqazib, Portugaliya kubogini tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 150

Portugaliya Kubogining 1/4 finalida "Portu" o'z maydonida "Benfika"ni mag'lub etdi (1:0).
Joze Mourino bosh murabbiyligidagi jamoa avvalroq yarim finalda "Braga"ga yutqazib(1:3), Liga kubogini tark etgandi.
Shu tariqa, Mourino "burgutlar" bilan ishlagan davrida ilk bor ketma-ket ikki marta mag'lubiyatga uchradi. 2000 yildagi birinchi faoliyati davomida 10 ta o'yinda 2 ta mag'lubiyat bo'lgan, ammo ketma-ket emas. Joriy mavsumda ushbu mag'lubiyat 24 o'yindagi 5-mag'lubiyat bo'ldi.
Portugaliya kubogi. 1/4 final
15 yanvar. 01:45. Eshtadiu do Dragau
Portu - Benfika - 1:0
Gol: 15' 1:0 - Bednarek.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265