Rummenigge: «Haqoratli bannerni kim joylashtirganiga oydinlik kiritamiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 479

Myunxenning «Bavariya» klubi direktorlari kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge «Xoffenxaym» klubiga qarshi o'yinda Ditmar Xoppning manziliga osilgan bannerning egasini topishga va'da berdi.
«Bavariya» muxlislari«Xoffenxaym» klubiga qarshi uchrashuv mobaynida o'zlari o'tirgan tribunaga Ditmar Xoppni haqorat qiluvchi banner joylashtirishgan edi.
Qayd etilishicha, bunga o'xshash bannerlar Bundesliganing ushbu turidan o'rin olgan boshqa o'yinlarda ham kuzatilgan.
Uchrashuvni boshqarib borgan hakam o'yinni ikki marta to'xtatishga majbur bo'ldi. Chunki, “Bavariya” a'zolari bannerni olib tashlashni talab qilishgandi.
«Bu voqeadan uyalaman. Ushbu bannerni kim osganini topamiz va jazolaymiz. Shaxsan men Xoppdan kechirim so'rayman», — dedi Karl-Xaynts Rummenigge.

Bosh sahifaga
218