Valexo "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 573

"Albasete" himoyachisi Xesus Valexo Ispaniya Kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Jamoalar bugun musobaqada Toshkent vaqti bilan 01:00da to'qnash kelishadi.
O'yindan bir necha soat oldin Castilla-La Mancha en juego mushaklaridagi muammolar tufayli Valexo tarkibga kiritilmagani haqida xabar berdi.
Shu tariqa, 29 yoshli futbolchi 5 mavsum davomida to'p tepgan sobiq jamoasiga qarshi maydonga tusha olmaydi. Ispaniyalik futbolchi o'tgan mavsum oxirida shartnomasi muddati tugaganidan keyin "Madrid"ni tark etgandi. Iyul oyida u "Albasete"ga erkin agent sifatida qo'shildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334