ESPN APL tarixidagi eng yaxshi transferni aniqladi (TOP-20)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 678

ESPN APL tarixidagi eng yaxshi transferlar ro'yxatini tuzdi.
50 ta bitimni o'z ichiga olgan reytingni tuzishda quyidagi mezonlardan foydalanildi: futbolchi allaqachon boshqa jamoaning asosi sifatida o'ynagan bo'lishi kerak (akademiyadan o'tish hisobga olinmaydi), bitim doimiy ravishda tuzilgan bo'lishi kerak (ya'ni ijara hisobga olinmaydi), futbolchining boshqa klublardagi yutuqlari hisobga olinmaydi.
Eng yaxshi transferlar yigirmataligiga quyidagilar kirdi:
20. David Silva, 2010/11 yilgi mavsumda "Valensiya"dan "Manchester Siti"ga 28,8 mln evro evaziga.
19. Klod Makelele, "Real"dan "Chelsi"ga 2003/04 yilgi mavsumda 20 mln evro evaziga.
18. Virjil van Deyk, "Sautgempton"dan "Liverpul"ga 2017/18 yilgi mavsumda 84,7 mln evro evaziga.
17. Rio Ferdinand, 2002/03 yilgi mavsumda "Lids"dan "Manchester Yunayted"ga 46 mln evro evaziga.
16. Rodri, "Atletiko"dan "Manchester Siti"ga 2019/20 yilgi mavsumda 70 mln evro evaziga.
15. Kevin de Bryuyne, "Volfsburg"dan "Manchester Siti"ga 2015/16 yilgi mavsumda 76 mln evro evaziga.
14. Dennis Bergkamp, 1995/96 yilgi mavsumda "Inter"dan "Arsenal"ga 11,3 mln evro evaziga.
13. Dide Drogba, 2004/05 yilgi mavsumda "Marsel"dan "Chelsi"ga 38,5 mln evro evaziga.
12. Roy Kin, "Nottingem Forest"dan "Manchester Yunayted"ga 1993/94 yilgi mavsumda 4,4 mln evro evaziga.
11. Ueyn Runi, "Everton"dan "Manchester Yunayted"ga 2004/05 yilgi mavsumda 37 mln evro evaziga.
10. Erik Kantona, "Lids"dan "Manchester Yunayted"ga 1992/93 yilgi mavsumda 1,8 mln evro evaziga.
9. Alan Shirer, "Sautgempton"dan "Blekbern"ga 1992/93 yilgi mavsumda 4,5 mln evro evaziga.
8. Erling Xoland, "Borussiya" Dortmunddan "Manchester Siti"ga 2022/23 yilgi mavsumda 60 mln evro evaziga.
7. Krishtianu Ronaldu, "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga 2003/04 yilgi mavsumda 19 mln evro evaziga.
6. Patrik Vieyra, "Milan"dan "Arsenal"ga 1996/97 yilgi mavsumda 5,4 mln evro evaziga.
5. Eden Azar, 2012/13 yilgi mavsumda 35 mln evro evaziga "Lill"dan "Chelsi"ga.
4. Frenk Lempard, "Vest Xem"dan "Chelsi"ga 16 mln evro evaziga, 2001/02 yilgi mavsumda.
3. Serxio Aguero, "Atletiko"dan "Manchester Siti"ga 2011/12 yilgi mavsumda 40 mln evro evaziga.
2. Muhammad Saloh, 2017/18 yilgi mavsumda "Roma"dan "Liverpul"ga 42 mln evro evaziga.
1. Terri Anri, 1999/2000 yilgi mavsumda "Yuventus"dan "Arsenal"ga 16,1 mln evro evaziga.

Bosh sahifaga
357