"Roma" futbolchisi A Seriyaning boshqa jamoasiga o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 697

"Roma" hujumkor yarim himoyachisi Tommazo Baldantsi "Jenoa" safida ijara asosida to'p tepadi.
Shartnoma 2025/2026 yilgi mavsum oxirida sotib olish imkoniyatini nazarda tutadi, deb xabar beradi insayder Fabritsio Romano.
Har ikki klub futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Ular o'rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichda.
Joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi A Seriyada 10ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi. Uning bozor qiymati o'n million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
374