"Inter" xorvatiyalik futbolchi transferini yakunlashga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 761

Milanning "Inter" klubi 18 yoshli xorvatiyalik markaziy himoyachi Branimir Malachichni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano yozmoqda.
Romanoning qayd etishicha, "Inter" Mlachich bo'yicha "Xayduk" klubi bilan 5 mln evro evaziga shartnoma imzolashga kelishib olgan. Jurnalistning ma'lum qilishicha, transfer yakuniy bosqichda, italyan klubi yaqin kunlarda futbolchini tibbiy ko'rikdan o'tkazmoqchi.
Mlachich bu mavsumda "Xayduk" safida kattalar safida debyut qildi. Xorvatiya chempionatida 14 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
345