"Barselona" Ferran bo'yicha 60 million evrolik taklif oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

APLning "Aston Villa" klubi qishki transfer oynasida "Barselona"ning ispaniyalik 25 yoshli forvardi Ferran Torres uchun 60 mln evro taklif qildi. Bu haqda Fichajes nashri yozmoqda.
Manbalarning ta'kidlashicha, taklif Kataloniya klubi ichida kelishmovchiliklarga sabab bo'lgan, ular sport va moliyaviy ustuvorliklar o'rtasida murosaga kelishga harakat qilmoqda. Qayd etilishicha, klubning moliyaviy ahvoli yaxshilangan, ammo hali ham ideal darajadan ancha uzoq.
Torres 2022 yilda "Manchester Siti"dan "Barselona"ga o'tgandi. Joriy mavsumda u La Ligada 18 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
299