Ukrainalik futbolchi kuchli chempionatga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1348

"Shaxtyor" klubi va Ukraina terma jamoasi himoyachisi Efim Konoplya Evropa klublari qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Jurnalist Florian Plettenbergning ma'lum qilishicha, 26 yoshli futbolchini "Verder", "Everton" va "Ayaks" klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi. Shuningdek, Bundesliganing yana bir qator jamoalari futbolchining transferini rasmiylashtirmoqchi. "Verder" vakillari allaqachon ukrainalikning agentlari bilan muzokara o'tkazgan. Bu yil yozda Konoplyani tekinga qo'lga kiritish mumkin bo'ladi, chunki u erkin agentga aylanadi - himoyachining shartnomasi 30 iyunda tugaydi.
Efim Konoplya "Shaxtyor" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 19 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Bosh sahifaga
341