«Liverpul» «Real» futbolchisi uchun 207 million evro sarflashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 48

"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem "Liverpul" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Jurnalist Siro Lopesning yozishicha, "qizillar" "qaymoqranglilar" xavbekiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Angliyaning amaldagi chempionlari Bellingemning transferi uchun taxminan 207 million evro to'lashga tayyor.
Jud Bellingem 2023 yilning yozida "Borussiya" Dortmunddan 127 million evro evaziga "Real"ga o'tgandi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "qaymoqranglilar" safida barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Bellingemning transfer narxini 160 million evroga baholagan.

Bosh sahifaga
347