"Arsenal" himoyachisi jamoadan ketishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 706

Londonning "Arsenal" klubi qanot himoyachisi Ben Uayt jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 28 yoshli futbolchi keyingi ikki mavsumdagi o'yin amaliyotidan xavotirda, shu bois yangi chaqiruv izlamoqda. U juda yaxshi formada bo'lsa ham, "Arsenal"ni tark etishga tayyorligi aytilmoqda. 2021 yilda "kanonirlar" Uaytni "Brayton"dan qariyb 60 million evroga sotib olgandi.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Himoyachining "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
347