Arteta Kalaforining jarohati tafsilotlari haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 627

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta klub chap qanot himoyachisi Rikkardo Kalaforining jarohati nima bilan bog'liqligini ma'lum qildi.
"Bu mushak jarohati. U tiklanmoqda, lekin qachon tiklanishini aniq bilmaymiz. O'ylaymanki, bu bir necha hafta davom etadi," - deya Artetaning so'zlarini keltiradi "Arsenal" matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, italiyalik futbolchi 23 dekabr kuni "Arsenal" Liga kubogida "Kristal Pelas"ni mag'lub etganidan beri maydonga tushmayapti. Bungacha himoyachi mavsumdagi deyarli barcha o'yinlarni jarohatlarsiz o'tkazgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
348