Gallaxer «Tottenxem»ga transferiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 605

Xavbek Konor Gallaxer Angliya Premer-ligasiga qaytdi. Chorshanba kuni "Atletiko"ning 25 yoshli futbolchisi transferini "Tottenxem" e'lon qildi. Gallaxerning o'zi klubini o'zgarishi bo'yicha izoh berdi.
"Men bu erga kelib, shunday ajoyib klubda faoliyatimdagi keyingi qadamni qo'yayotganimdan juda xursandman va hayajondaman. Men "Tottenxem" futbolchisi bo'lishni istardim, klub ham xuddi shunday hissiyotda edi. Hammasi oson kechdi - bitim tez amalga oshdi va men maydonga tushishga tayyorman.
Bu erda ajoyib muxlislar borligini bilaman. Bu klubning a'zosi bo'lganimdan xursandman. Alohida lahzalar va xotiralar yaratishda yordam bermoqchiman," - deya Gallaxerning so'zlarini keltiradi "shporlar" sayti.
"Tottenxem" APL jadvalida 14-o'rinda bormoqda.

Bosh sahifaga
352