Rasman. Konor Gallaxer APLga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 563

Yarim himoyachi Konor Gallaxer Angliya Premer-ligasiga qaytdi. "Tottenxem" "Atletiko"dan 25 yoshli futbolchi transferini e'lon qildi. Gallaxer uzoq muddatli shartnoma imzoladi - aniq muddat oshkor etilmayapti.
Avvalroq matbuotda "Tottenxem" Konor Gallaxerning transferi uchun "Atletiko"ga 40 million evro atrofida pul to'lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Gallaxer "Chelsi" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, yarim himoyachi ingliz futbolida "Charlton", "Suonsi", "Vest Bromvich" va "Kristal Pelas" klublarida ijara asosida o'ynagan.
"Tottenxem" ayni damda Premer-liga turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi. "Shporlar" navbatdagi o'yinni 17 yanvar kuni "Vest Xem"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
340