Zozulya yana bosim ostida qoldi... Gap “Andijon” himoyachisi haqida emasmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 468

Ispaniyaning “Rayo Valekano” klubi muxlislari Roman Zozulyani e'tiborsiz qoldirishmadi.
Segundaning 30-turida “Albasete” va “Rayo Valekano” klublari o'zaro bahs olib bordi.
Maydon egalarining boshlang'ich tarkibida Roman Zozulya asosiy tarkibda maydonga tushdi. Qayd etish kerakki, ushbu jamoalarning birinchi davradagi o'zaro uchrashuvida “Rayo” klubi muxlislari ukrainalik futbolchisi millatchilikda ayblashgandi, buning natijasida uchrashuv bir necha daqiqaga to'xtatilgandi.
Bu safar ham o'sha “an'ana” davom etdi: “Rayo Valekano” muxlislari "Zozulya – kommunist" deb hayqirishdi.
Uchrashuv oxirigacha davom etdi va 1:1 natijasi qayd etildi. Roman Zozulya esa 75 daqiqa maydonda harakat qildi.
Eslatib o'tamiz, 2017 yilning fevral oyida Zozulya “Rayo Valekano” klubiga “Betis” klubidan ijaraga o'tgandi, lekin muxlislar ukrainalik futbolchini dushmandek qabul qilishdi. Yakunda Zozulya “Rayo” tarkibida bir marta ham maydonga tushmasdan, jamoani tark etgandi.
Eslatib o'tamiz, “Andijon” tarkibida ham Zozulya familiyali futbolchi harakat qiladi. Ukrainali Dmitro Zozulyani Roman Zozulyaga hech qanday aloqasi yo'q.

Bosh sahifaga
195