"Real" joriy mavsum 16 ta o'yinda birorta gol urmagan hujumchini ijaraga olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2747

"Valyadolid" hujumchisi Adrian Arnu "Real"ga ijara asosida o'tadi, deb xabar bermoqda jurnalist Matteo Moretto.
Manbaga ko'ra, shartnomada sotib olish imkoniyati ko'zda tutilgan. 18 yoshli ispaniyalik "Real"ning ikkinchi jamoasi "Kastilya"da o'ynaydi.
Arnu "Valyadolid"ning asosiy jamoasi safida 16 ta o'yin o'tkazdi, ammo gollarda ishtirok etmagan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 500 ming evroga baholamoqda.
Uning hisobida Ispaniya o'smirlar terma jamoasi safida 13 ta o'yin va 9 ta gol bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
285