"Atletiko" futbolchisi "Tottenxem" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 395

Yarim himoyachi Konor Gallaxer Ispaniyaning "Atletiko" klubidan Angliyaning "Tottenxem" klubiga o'tishni yakunlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
"Konor Gallaxer "Tottenxem"da tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va 5,5 yillik shartnoma imzolaydi," - deb yozadi Jeykobs.
Avvalroq, "Tottenxem" futbolchining to'laqonli transferi uchun 40 mln evro to'lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ispaniya Primerasining joriy mavsumida 25 yoshli Konor Gallaxer 19 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Shuningdek, inglizning hisobida Chempionlar Ligasida oltita o'yin va bitta gol bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272