"Barselona" Reshfordga taklif qilgan shartnoma shartlari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 403

Hujumchi Markus Reshford "Manchester Yunayted"dan "Barselona"ga doimiy asosda o'tishi mumkin.
Insayder Nikolo Skiraning yozishicha, "Barselona" ijara shartnomasida ko'rsatilganidek, futbolchining shartnomasini 30 million evroga sotib olishni rejalashtirmoqda. Aytilishicha, kataloniyaliklar Reshford uchun 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tayyorlamoqda.
"Barselona" Reshfordni yozgi transferlar oynasida ijaraga olgandi. "Ko'k-anorranglilar" safida u barcha musobaqalarda 27 ta o'yin o'tkazib, ettita gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284