"Atletiko" Edersonni nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 449

Madridning "Atletiko" klubi "Atalanta" markaziy yarim himoyachisi Edersonga qiziqish bildirmoqda.
Marca xabariga ko'ra, "matraschilar" 26 yoshli braziliyalik futbolchini kelasi yozda sotib olmoqchi. Agarda bergamoliklar Ederson bilan 2027 yil yozigacha bo'lgan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelisha olmasa, uni arzonlashtirilgan narxda sotishi mumkin.
Transfermarkt xavbekni 40 million evroga baholamoqda. U joriy mavsumda 21 ta o'yinda 1 tadan gol va assist muallifi bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
287