"Atletiko" Raspadoriga o'rinbosar tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 480

Madridning "Atletiko" klubi Italiyaning "Atalanta" klubiga o'tishi kerak bo'lgan hujumchi Jakomo Raspadoriga o'rinbosar topish ustida ishlamoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsioning xabar berdi.
Transfer uchun asosiy nomzod Doniell Malen hisoblanadi. Niderlandiyalik futbolchi Angliyaning "Aston Villa" klubi tarkibida to'p tepmoqda va unga "Roma" va "Napoli" kabi bir qator klublar qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda 26 yoshli Malen 29 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Malenning narxini 25 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
323