Flikning Kanselu bo'yicha rejalari oydinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 433

Qanot himoyachisi Joau Kanselu kecha "Barselona" safiga o'tdi.
"Ko'k-anorranglilar" portugaliyalikni joriy mavsum yakuniga qadar Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubidan ijaraga olgan. Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Kataloniya grandi bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning fikricha, Kanseluning tarkibda bo'lishi jamoaga o'zgaruvchanlik qo'shadi, shuningdek, endi ko'proq dam olishi mumkin bo'lgan Jyul Kunde va Alexandro Baldening ishini engillashtiradi. 31 yoshli yangi futbolchi "Barselona"da juda qadrlanadigan himoyaning ikkala qanotini ham yopishga qodir.
Joau Kanselu 2023/24 yilgi mavsumda ham "Barsa"da o'ynagan. O'shanda jamoani Xavi Ernandes boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
326