«Nyukasl» Xauni iste'foga chiqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 421

"Nyukasl" bosh murabbiyi Eddi Xau joriy mavsum yakunlangach, klubdan iste'foga chiqarilishi mumkin. Bu haqda indykaila News xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, jamoaning joriy mavsumdagi beqaror natijalari tufayli Xauning pozitsiyalari xavf ostida qolmoqda. Chempionat yakuniga qadar hech qanday o'zgarishlar rejalashtirilmagan, ammo yozda rahbariyat murabbiy ishini to'liq tahlil qiladi. Xau iste'foga chiqishi ehtimoli bor.
Xau 2021 yildan buyon "Nyukasl"ni boshqarib kelmoqda. 21-turdan so'ng "qarg'alar" Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 32 ochko bilan oltinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
701