Defensacentral: «Real» Vinisiusni «Arsenal» futbolchisiga almashtirishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43

"Real"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior yozgi transferlar davrida Londonning "Arsenal" klubiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda Defensacentral xabar berdi.
Manbaga ko'ra, yozda "Real" agar Vinisius klubni tark etsa, "Arsenal" vingeri Gabriel Martinellini sotib olishni rejalashtirmoqda. Qayd etilishicha, "qaymoqranglilar" Vinisiusni Martinelliga almashtirish masalasini ham ko'rib chiqishga tayyor.
Joriy mavsumda 24 yoshli Martinelli barcha turnirlarda 24 ta uchrashuvda qatnashib, 9 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
25 yoshli Vinisius hisobida 27 ta o'yin, 6 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
707