"Milan" yarim himoyachisi jamoani tark etishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 335

"Milan"ga tegishli frantsiyalik 27 yoshli yarim himoyachi Yusuf Fofana faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirish variantiga ega. Bu haqda insayder Janluka di Martsio xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, tajribali futbolchini Istanbulning "Galatasaroy" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. Fofananing bozor narxi 28 million evroga baholanmoqda. Futbolchining "rossonerilar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.
Joriy mavsumning birinchi yarmida yarim himoyachi milanliklarning 20 ta o'yinida ishtirok etdi. Yussuf bitta gol va uchta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
314