"Arsenal"ning bir qator himoyachilari "Chelsi" bilan yarim finalni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39

"Arsenal"ning birdaniga bir nechta himoyachilari Angliya Liga Kubogi yarimfinalidagi "Chelsi"ga qarshi dastlabki o'yinda jamoaga yordam bera olmaydi.
"Kanonirlar" lazaretini Rikkardo Kalafiori va Pero Inkape to'ldirdi, deya xabar bermoqda London klubi matbuot xizmati. Yana bir himoyachi Kristian Moskera og'ir jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning so'zlariga ko'ra, markaziy himoyachi Vilyam Saliba va vinger Leandro Trossardning bo'lajak o'yinda maydonga tushishi ham so'roq ostida turibdi.
Jamoalarning Liga kubogi yarim finalidagi ilk o'yini 14 yanvar kuni "Chelsi" stadionida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
453